Shriftning o'lchami:AAAARang:ЦЦЦЦЦSozlamalar:Rasmlar: 
Shrift parametrlari:
Shriftni tanlang:
Arial
Times New Roman
Harflar orasidagi masofa (Kerning):
Standart
O'rtacha
Katta
Rang sxemasini tanlash:
Oq rangda
Qora qora rangda
Ko'k rangda ko'k rangli
Sariq jigarrang
Yashildan qora jigarranggacha
Panelni yoping
Oddiy sayt versiyasi
Shrift o'lchami:AAAARang:ЦЦЦЦЦSozlamalar:Rasmlar: Oddiy sayt versiyasi
Shrift parametrlari:
Shriftni tanlang: Arial Times New Roman
Harflar orasidagi masofa (Kerning): Standart O'rtacha Katta
Rang sxemasini tanlash:
Oq rangda
Qora qora rangda
Ko'k rangda ko'k rangli
Sariq jigarrang
Yashildan qora jigarranggacha
Panelni yoping
Телефон:   +998 (71) 150-20-61
Факс:          +998 (71) 236-66-72


Адрес:       110200, Узбекистан, Ташкентская область,
                город Ангрен, ул.Ташкентская, 4

Bosh sahifa \ Yangiliklar \ YUNUSOBODDA SINOV TARIQASIDA YANGI TIZIM YO‘LGA QO‘YILDI

YUNUSOBODDA SINOV TARIQASIDA YANGI TIZIM YO‘LGA QO‘YILDI

« Back

YUNUSOBODDA SINOV TARIQASIDA YANGI TIZIM YO‘LGA QO‘YILDI 14.02.2019 10:22

Vazirlar юнусабот_эксперимент Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning birinchi yarim yilligida “O‘zbekenergo” AJ tomonidan Toshkent shahrining Yunusobod tumanida tajriba tariqasida, aholi iste’molchilari tomonidan foydalangan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar o‘rnatilgan me’yor asosida amalga oshirilmoqda.

Ya’ni joriy yilning 1 yanvaridan boshlab, iste’molchilar oy davomida foydalanilgan 300 kVt.soat (o‘rnatilgan me’yordan) elektr energiyasi uchun to‘lovlarni aholi uchun belgilangan tarif bo‘yicha, 300 kVt.soatdan ortiq qismi uchun esa belgilangan tarifga 1,2 baravar oshirilgan koeffitsientini qo‘llagan holda amalga oshiriladi.

Bundan maqsad, iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan tejamkorlik bilan va oqilona foydalanishni targ‘ib etish va bu orqali yagona elektr energetika tizimining maksimum yuklamali soatlarida yuklamani kamaytirish hamda iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashga erishishdir.

Bugungi kunda aholining turmush sharoiti yaxshilanishi natijasida maishiy elektr jihozlaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Agarda, 2000 yilda bitta aholi iste’molchisining o‘rtacha oylik iste’moli 114 kVt.soatni tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda bu ko‘rsatkich 75 foizga o‘sib, o‘rtacha oylik iste’mol 200 kVt.soatni tashkil etgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, 2030 yilga borib aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji 2018 yilga nisbatan 1,5 martaga o‘sishi kutilmoqda.

Iste’molchilar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarning o‘rnatilgan me’yor asosida amalga oshirilishini Respublika miqyosida keng tatbiq etish bo‘yicha yakuniy qaror, joriy yilning birinchi yarim yilligi yakuni bilan Toshkent shahar Yunusobod tumanida o‘tkazilgan tajriba natijalariga ko‘ra qabul qilish rejalashtirilgan.